Tashqi va ichki reklama uchun katta formatli bannerlar. Oʻz Eco Solvent printerimizda 3 metr kenglikkacha bosamiz: yorqin ranglar, aniq tasvir va ob-havoga chidamli material. Doʻkon peshtoqlari, tadbirlar, bilbordlar va toʻy bezaklari uchun.
Banner — eng tez va arzon tashqi reklama turi. Biz 340 va 440 g/m² zichlikdagi bannerlarga bosamiz: birinchisi tadbirlar va qisqa muddatli reklama uchun, ikkinchisi fasad va bilbordlar uchun. Rasm 1440 dpi gacha aniqlikda chiqadi, ranglar quyoshda 2–3 yil soʻnmaydi.
Tayyor bannerga lyuversa (metall halqa) qoʻyamiz, chetini payvandlab mustahkamlaymiz. Xohlasangiz ramkaga tortib yoki karkasga oʻrnatib beramiz. Katta oʻlchamlar boʻlaklab bosilib, koʻzga tashlanmaydigan qilib ulanadi.
Maketni CDR, AI, PDF yoki 150 dpi TIFF/JPG formatida yuboring. Maket yoʻq boʻlsa, dizayner 1 soat ichida tayyorlab beradi.



