Asosiy kontentga oʻtish
Magic PrintMAGIC PRINTPoligrafiya va reklama

Plotter kesish va Oracal

Oracal, stiker va plyonkalarni kesish

Rang-barang Oracal plyonka rulonlari

1,8 metrli plotterda oracal, stiker va plyonkalardan harflar, logotiplar va shakllarni kesamiz. Oracal 641 seriyasining barcha ranglari mavjud. Vitrina, avtomobil va ichki bezak uchun.

Plotter kesish — vitrina, eshik va devorga yozuv tushirishning eng arzon usuli. Oracal 641 (ichki, 3 yil) va 651 (tashqi, 6 yil) seriyalarida 60 dan ortiq rang bor. Kesilgan harflarni montaj plyonkasiga oʻtkazib beramiz — oʻzingiz ham yopishtira olasiz.

Bosilgan stikerlarni kontur boʻyicha kesamiz (kiss-cut): etiketkalar, brendlangan naklеykalar, mahsulot yorliqlari. Laminatsiya bilan suvga va ishqalanishga chidamli.

Shu xizmat boʻyicha ishlar

Namuna«Namuna» deb belgilangan tasvirlar — koʻrgazmali namunalar, kompaniyaning bajarilgan ishlari emas.

Koʻp beriladigan savollar

  • Ha, 1 dona vizitkadan tortib, 1 banner yoki 1 ta 3D harfgacha — kichik buyurtmalarni ham bajaramiz. Katta tirajlarda dona narxi pasayadi, lekin minimal miqdor talabi yoʻq.