Asosiy kontentga oʻtish
Magic PrintMAGIC PRINTPoligrafiya va reklama

Hajmli (3D) harflar

Yoritilgan va yoritilmagan hajmli yozuvlar

Oqtepa Lavash fasadidagi qizil va sariq hajmli harflar

Akril, PVX yoki alyukobonddan hajmli harflar va logotiplar. Ichidan LED yoritilgan yoki yoritilmagan variantlar — kafe, doʻkon va ofis fasadlari uchun. Loyihalash, ishlab chiqarish va oʻrnatish bir joyda.

Hajmli harflar — fasad uchun eng koʻrkam yechim. Old yuzasi rangli akril, yon tomoni PVX yoki alyuminiy profil, ichida LED modullar. Kechasi harflar ichidan yorugʻlik taratadi, kunduzi ham hajmi bilan ajralib turadi.

Balandlik 10 sm dan 150 sm gacha. Yoritish turlari: old tomondan (frontal), orqadan (kontr-ajur, devorga nur tushadi) yoki ikkalasi. Rang — istalgan RAL yoki Oracal katalogidan.

Oʻrnatishni oʻzimiz bajaramiz: fasadga toʻgʻridan-toʻgʻri, alyukobond panelga yoki metall karkasga. Kafolat: 12 oy.

Shu xizmat boʻyicha ishlar

Koʻp beriladigan savollar

  • Ha, 1 dona vizitkadan tortib, 1 banner yoki 1 ta 3D harfgacha — kichik buyurtmalarni ham bajaramiz. Katta tirajlarda dona narxi pasayadi, lekin minimal miqdor talabi yoʻq.