Lazer yordamida akril, MDF, fanera, karton va boshqa materiallarni yuqori aniqlikda kesamiz. Murakkab naqshlar, harflar, dekor elementlari va sovgʻa qutilari uchun ideal.
Lazer kesish 0,1 mm aniqlik beradi va akrilning chetini oynadek silliq qoldiradi. Shuning uchun u tekis (ploskiy) harflar, logotiplar, trafaretlar, dekor panjaralar va maketlar uchun eng yaxshi usul.
Kesish bilan birga gravirovka ham qilamiz: yogʻoch va akrilga rasm, matn, QR-kod. Vektor fayl (CDR, AI, DXF) yuboring yoki eskizingizdan oʻzimiz chizamiz.



