Asosiy kontentga oʻtish
Magic PrintMAGIC PRINTPoligrafiya va reklama

Oyna va vitrina plyonkasi

Matoviy, perforatsiyali va rangli plyonkalar

Ofis oynasidagi matoviy plyonka va logotip

Ofis va doʻkon oynalariga matoviy (xira) plyonka, perforatsiyali reklama plyonkasi va rangli oracal yopishtiramiz. Logotip va naqsh bilan — shaxsiy makon va zamonaviy koʻrinish.

Matoviy plyonka shishani «qumlangan» koʻrinishga keltiradi: yorugʻlik oʻtadi, lekin ichkarisi koʻrinmaydi. Ofis boʻlmalari, majlislar xonasi, klinika va salonlar uchun. Plyonkadan logotip yoki chiziqlar kesib, dizayn beramiz.

Perforatsiyali plyonka (one-way vision) tashqaridan reklama rasmini koʻrsatadi, ichkaridan esa koʻcha koʻrinadi. Vitrina va avtomobil orqa oynasi uchun.

Quyoshdan himoya (tonirovka) va xavfsizlik plyonkalari ham bor. Oʻrnatishni pufaksiz, toza bajaramiz.

Shu xizmat boʻyicha ishlar

Koʻp beriladigan savollar

  • Ha, 1 dona vizitkadan tortib, 1 banner yoki 1 ta 3D harfgacha — kichik buyurtmalarni ham bajaramiz. Katta tirajlarda dona narxi pasayadi, lekin minimal miqdor talabi yoʻq.