UV bosma texnologiyasi bilan akril, shisha, yogʻoch, metall, kafel va plastikka toʻgʻridan-toʻgʻri rangli tasvir tushiramiz. Boʻyoq tez quriydi, yorqin va uzoq saqlanadi.
UV printer boʻyoqni ultrabinafsha nur bilan bir zumda qotiradi, shuning uchun deyarli har qanday tekis materialga bosish mumkin. Oq boʻyoq qatlami tufayli qora va shaffof yuzalarda ham ranglar yorqin chiqadi.
Qoʻllanishi: ofis tablichkalari, akril peshlavhalar, interyer panellari, kafel va shishaga rasm, telefon gʻiloflari, sovgʻalar, sertifikatlar. Relyefli (2,5D) bosma ham mumkin.



