Avtomobil, mikroavtobus va yuk mashinalariga reklama plyonkasi: toʻliq yoki qisman brending, logotip va telefon raqami. Vitrina va fasad brendingi ham shu yerda.
Avtomobil — yuradigan reklama. Yon eshiklarga logotip va telefon (qisman brending) eng arzon variant; toʻliq brending esa butun kuzovni bosma plyonka bilan qoplaydi. Plyonka kuzovni chizilishdan himoya qiladi va 3–5 yildan keyin izsiz olinadi.
Tashqi ish uchun faqat 651 seriyali yoki lityoy (cast) plyonka va UV-laminat ishlatamiz — quyosh va yuvishga chidaydi. Orqa oynaga perforatsiyali plyonka: reklama koʻrinadi, koʻrish toʻsilmaydi.



