Yuqori sifatli foto va poster bosma: interyer uchun rasmlar, fotokollajlar, plakatlar va koʻrgazma materiallari. Qogʻoz, banner yoki plyonkada, xohlasangiz laminatsiya bilan.
Interyer bosma — kichik formatdagi eng sifatli bosma turi: 1440 dpi, foto qogʻoz yoki matoviy plyonka, ranglar tabiiy. Uy va ofis uchun rasmlar, foto kollajlar, oilaviy fotolar, xarita va sxemalar.
Posterlar A3 dan A0 gacha va undan katta, ramkaga yoki penokartonga yopishtirib beramiz. Koʻrgazma, taqdimot va maktab-bogʻcha stendlari uchun.



